Surxondaryo viloyatining olis va chekka hududlaridagi umumta’lim maktablarida xorijiy tillardan onlayn darslar tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Termiz davlat pedagogika instituti hamkorligida xorijiy til mutaxassislari yetishmaydigan maktablarga zamonaviy elektron doskalar yetkazib berildi. Ayni paytda ushbu doskalar yordamida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan chekka hududlardagi maktablar uchun onlayn mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
[gallery-27185]
Mazkur tashabbus viloyatda ta’lim sifatini oshirish, har bir o‘quvchiga teng va zamonaviy ta’lim olish imkoniyatini yaratishga qaratilgan muhim chora-tadbir sifatida amalga oshirilmoqda.
Sariosiyo va Uzun tumanlarining olis hududida joylashgan umumta’lim maktablarida ham jarayon tizimli yo‘lga qo‘yildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/t-MlpMXiW-E" title="Olis hududdagi maktab o‘quvchilari uchun xorijiy tillardan onlayn dars o‘tilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA