Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis hudud – Oqtomda “Salomatlik kuni”
12:37 / 2022-11-01

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi olis chegara hudud hisoblanmish Oqtom qishlog‘ida  viloyat sog‘liqni saqlash  boshqarmasi hamda tuman hokimi tashabbusi bilan ommaviy tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

“Salomatlik kuni”da tuman tibbiyot birlashmasi va viloyat davolash-profilaktika muassasalarining  malakali shifokorlari ishtirok etdi. Qishloq vrachlik punkti, 18-umumta’lim maktabi, shuningdek, ko‘chma mammografiya va mobil poliklinikada tashkil etilgan ko‘rikda tor doira mutaxassislari tomonidan qishloq aholisi, shu jumladan, ayollar va bolalarning salomatligi  chuqur o‘rganilib, kasalligi aniqlangan kishilarga  sog‘lomlashtirish choralari ko‘rildi.

– Qirg‘iziston chegarasida joylashgan qishlog‘imizga soha mutaxassislarining  kelgani ayni muddao bo‘ldi, - deydi mahalla raisi Barno Mahkamova. – Qishlog‘imiz tuman va viloyat markazidan ancha olisda joylashganiga qaramay, Prezidentimiz boshchiligida qishloq aholisining turmushini farovonlashtirish yo‘lida barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Ayni paytda tuman hokimi sa’y-harakati bilan Oqtom-1 ko‘chasining shag‘allash ishlari olib borilmoqda. Suv ta’minoti kabi boshqa muammoli masalalarda ham ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Bundan aholi xursand.

[gallery-9363]

Shu kuni Oqtomda bo‘lgan salomatlik posbonlari tibbiy ko‘rik o‘tkazish bilangina kifoyalanmadi. Ular hududiy patronaj hamshiralar bilan xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar holidan xabar oldi va o‘z navbatida xonadon sohiblarining sog‘lig‘ini nazoratdan o‘tkazdi. Sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, sog‘lom ovqatlanish borasida maslahatlar berdi.

Ta’kidlash joiz, bu kabi tadbirlar tibbiyotni aholiga, xonadonlarga yanada yaqinlashtirish sari qo‘yilgan muhim qadamdir.  

Shu kuni qishloqda tuman hokimligi tomonidan sayyor savdo rastalari tashkil etilib, arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari aholiga yetkazildi. Bundan tashqari ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

 

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA