English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis hudud aholisi uchun tibbiy ko‘rik
15:06 / 2022-10-04

Qashqadaryo viloyati hokimligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Mirishkor tumani Pomuq shaharchasidagi tuman shifoxonasida “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” shiori ostida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Bu haqida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Ko‘rikda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mobil poliklinikasi hamda mobil oftolmologik poliklinika tibbiy uskunalari imkoniyatlaridan samarali foydalanildi. 

Viloyat markazidan 80 kilometr olisda joylashgan, cho‘l hududidagi 30 mingdan ortiq aholi vakillariga xizmat ko‘rsatib kelayotgan shifoxona xodimlariga Qarshidagi kardiologiya, endokrinologiya, onkologiya shifoxonalari hamda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining malakali mutaxassislari madadkor bo‘ldi.

Tadbir davomida jami 242 nafar bemor ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, uyda yotib qolgan bemorlar holidan ham xabar olindi. 

O‘lmas Barotov, O‘zA