Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimpiyachilarimiz magʻlubiyatdan qutilib qolishdi
10:10 / 2019-02-18

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini oʻtkazmoqda.


Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini oʻtkazmoqda.

Kecha Lyubinko Drulovich shogirdlari “La Finca” stadionida Shveysariyaning “Delemon” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Oʻyinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

Taʼkidlash joiz, olimpiyachilarimiz 0:2 hisobida orqada borayotib, keyin muvozanatni tiklashga muvaffaq boʻldi. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida kiritilgan gollarga Islom Qobilov va Boburjon Abduxoliqovlar mualliflik qilishdi.

Uchrashuvda hisob tenglashgach ustunlik vakillarimiz tomoniga oʻtdi. Biroq, darvozalarga boshqa toʻp kiritilmadi. Hattoki Drulovich shogirdlari hakam tomonidan “Delemon” jamoasi darvozasiga belgilangan penaltini ham golga aylantira olishmadi. Endi Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi 21 fevral kuni Gruziyaning “Lokomotiv” (Tbilisi) jamoasiga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushadi.

Eslatib oʻtamiz, olimpiyachilarimiz shu yilning mart oyida kelgusi yil Tailandda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga saralash bahslarida qatnashadi. Toshkentda tashkil etiladigan saralash bahslarida vakillarimiz Osiyo chempionati yoʻllanmasi uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.