Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimpiyachilarga davlatimizning yuksak mukofotlari topshirildi
17:23 / 2021-08-13

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etgan sportchi va murabbiylar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.

bugungi bo‘lib o‘tgan tadbirda ushbu mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

– Sizlarga topshirilgan yuksak mukofotlar barchangizning mehnatingiz, iste’dod va mahoratingizga xalqimiz va Vatanimiz tomonidan berilgan munosib baho, e’tirof ramzidir. Aminmanki, bu ehtirom va ishonch sizlarga yangi kuch-g‘ayrat bag‘ishlab, yanada ulkan g‘alabalarga chorlaydi.

Ana shunday ezgu maqsad yo‘lida barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, oilaviy baxt va omad yor bo‘lishini tilayman.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yaqinlashib kelayotgan eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman, – dedi Prezidentimiz.

O‘zA