Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimpiya va paralimpiya sporti yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
21:07 / 2026-02-06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori hamda Mudofaa vazirining buyrug‘iga muvofiq, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni, xususan, Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash, yoshlar orasidan iste’dodli sportchilarni aniqlash, ularni saralash va professional sportchilar sifatida tayyorlash maqsadida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘mondonligida “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv sport-texnika markazi, O‘q otish sporti federatsiyasi Nukus shahar bo‘limi hamda soha mutaxassislari ishtirokida  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘q otish sportini rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha muhim ahamiyat kasb etdi.

Yig‘ilish davomida ushbu yo‘nalishda bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, erishilgan natijalar batafsil sarhisob qilindi. Jumladan, hududlarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, sportchilar uchun zarur sharoitlar yaratish hamda murabbiylar salohiyatini oshirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi. Shuningdek, yoshlar orasida o‘q otish sportiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni professional sportga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston O‘q otish sporti federatsiyasi faoliyatini chuqur o‘rganish maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etildi. Ushbu ishchi guruh zimmasiga federatsiyaning tashkiliy tuzilmasi, bo‘limlar strukturasi, moliyaviy ta’minoti, moddiy-texnik bazasi holati hamda faoliyat samaradorligini tahlil qilish vazifalari yuklatildi. Bu orqali mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, federatsiyaning Nukus shahar bo‘limi faoliyati ham batafsil tahlil qilindi. Unda sportga qiziqqan yoshlarni keng jalb etish, o‘q otish bo‘yicha shahar, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni muntazam tashkil etish, sportchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi. Bu takliflar kelgusida sohani rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida Nukus shahrida o‘q otish sportini yanada ommalashtirish, yuqori sport natijalariga erishish, iqtidorli sportchilar zaxirasini shakllantirish hamda mamlakatimizda Olimpiya sport turlarini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan tizimli ishlar nafaqat hududiy sport salohiyatini oshirishga, balki mamlakatimiz sportining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Umuman olganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘q otish sportini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan bu kabi izchil sa’y-harakatlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda mamlakatimiz sportchilari tomonidan yuksak natijalarga erishish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri