Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sport sohasi uchun kerakli tibbiyot uskunalari namoyishi va sohaga oid adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda so‘nggi yillarda sport sohasida erishilayotgan yutuqlar soni ortayotgani va bu zafarlar zamirida yurtimizda sport tibbiyotiga e’tibor kuchaygani, o‘quvchi-sportchilar sog‘lig‘ini yanada mustahkamlash hamda sifatli fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish maqsadida vazirlik tomonidan zamonaviy tibbiyot uskunalari xarid qilinganini ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tibbiyot uskunalari va sport sohasiga oid adabiyotlar bilan tanishdi. Shuningdek, tibbiyot uskunalari hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda sport maktablariga tarqatildi.
[gallery-21182]
Javohir Toshxo‘jayev,
Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA