Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida sportchilar taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida karate va taekvondochi sportchilardan bir guruhi taqdirlandi.
[gallery-26911]
Jahon chempionlari Gulshan Alimardonova (karate WKF) hamda Najmiddin Qosimxo‘jayev (taekvondo WT) Prezident sovg‘asi – BYD avtomashinasi hamda 15 ming AQSH dollari bilan mukofotlandi. Shuningdek, Abdul Vahob Rashidov, Svetlana Osipova, Sulaymon Yusupov, Jahongir Xudoyberdiyev, Zaynobiddin Nazaraliyev, Pavel Xan, Abdujabbor Botirovlar ham pul mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Taqdirlash marosimida Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari, sportchilar, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA