Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Olimpiya umidlari” shiori ostida katta boks oqshomi o‘tkazildi
15:51 / 2026-02-19

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, ayniqsa, boks bo‘yicha yosh sportchilar mahoratini oshirish maqsadida poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Olimpiya umidlari” shiori ostida katta boks oqshomi tashkil etildi.

Mazkur musobaqa nafaqat iqtidorli yoshlarni kashf etish, balki aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yosh avlodning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Musobaqada turli vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

[gallery-27744]

Javohir Toshxo‘jayev, Alimurot Mamadaminov (surat), O‘zA