Kelasi yili mamlakatimiz maydonlarida bo‘lib o‘tadigan yoshlar (U-23) o‘rtasidagi Osiyo kubogi va Xanchouda o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishni niyat qilgan Olimpiya terma jamoamiz nufuzli musobaqalarga jiddiy tayyorgarlikka kirishgan.
Navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 15-28 dekabr kunlariga belgilangan. Ayni paytda Toshkentga yig‘ilgan futbolchilar mashg‘ulotlarini Turkiyaning Antaliya shahrida ham davom ettirishadi. Temur Kapadze mazkur yig‘inlarga quyidagi futbolchilarni jalb etgan:
Darvozabonlar: Shukron Yo‘ldoshev («Paxtakor»), Hamidullo Abdunabiyev, Vladimir Nazarov (ikkalasi ham «Olimpik»dan)
Himoyachilar: Abubakr Rizo Turdaliyev, Alibek Davronov (ikkalasi ham «Nasaf»dan), Muhammadqodir Hamraliyev («Dinamo»), Dostonbek Tursunov, Eldorbek Begimov, Saidazamat Mirsaidov, Sunnatulloh Hamidjonov, Shahzod Toirov (barchasi «Olimpik»dan)
Yarim himoyachilar: Abbosbek Fayzullayev, Diyor Xolmatov (ikkalasi ham «Paxtakor»dan), Jasurbek Jaloliddinov («Lokomotiv»), Abdurauf Bo‘riyev, Davron Anvarov, Farruhbek Muxtorov, Muhammadaziz Ibrohimov, Jaloliddin Sadikov, Behzod Shamsiyev (barchasi «Olimpik»dan)
Hujumchilar: Alisher Odilov, Ruslanbek Jiyanov, Timur Mamasiddiqov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev (barchasi «Olimpik»dan), Ulug‘bek Hoshimov («Neftchi»), Hojimat Erkinov («Paxtakor»), Husayn Norchayev («Nasaf»).
Oybek YUNUSOV, O‘zA