Olimpiya terma jamoamiz Gvineya bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi
«Parij-2024» Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bo‘lajak musobaqa oldidan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, hamyurtlarimiz 15 iyul kuni Fransiyada yana bir litsenziyaga ega jamoa Gvineya bilan kurash olib boradi. Shuningdek, 18 iyul kuni jamoamiz rejasidan Yangi Zelandiyaga qarshi nazorat o‘yini ham o‘rin olgan.
Shuni aytib o‘tishimiz lozimki, o‘z tarixida ilk marotaba Olimpiya o‘yinlarining futbol musobaqalariga yo‘l olgan terma jamoamiz to‘rt yillikning eng nufuzli sport tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA