Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimpiya terma jamoamiz Falastin ustidan zafar quchdi
17:11 / 2025-09-09

Futbol bo‘yicha U23 yosh toifasidagi “Osiyo kubogi – 2026” musobaqasiga yo‘llanma beruvchi saralash bahslarining "E" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Falastin terma jamoalari bahsi o‘tkazildi.

Mazkur o‘yinda Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz raqiblarini 2:1 hisobida yengdi va 7 ochko bilan hozircha guruhning birinchi pog‘onasiga joylashdi. Falastin esa 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi.  

Endi "E" guruhidagi ikkinchi o‘yinda Qirg‘iziston va Shri-Lanka termalari raqobatlashadi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng saralash bahslari yakunlanib, “Osiyo kubogi – 2026” musobaqasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladigan jamoa nomi aniq bo‘ladi.  

Eslatib o‘tamiz, bugun qit’amizning yana 10 ta mamlakatida saralash bosqichining so‘nggi tur bahslari o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha U23 yosh toifasidagi Osiyo kubogi 2026 yilning 7-25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA