Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Olimpiya shaharchasi"da “Uzbekistan Judo Tour” boshlandi
12:31 / 2025-12-23

Bugun, 23 dekabr kuni poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi”dagi yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan majmuada mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mdan iborat “Uzbekistan Judo Tour” musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalar 4 ta vazn toifasida tashkil etiladi. Erkaklar -66, -73, +90, va ayollar +70 kilogrammda sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan saralangan 130 nafarga yaqin eng mahoratli dzyudochi yoshlar ishtirok etayotgan turnirning har bir vazn toifasida g‘oliblikka erishgan sportchi 22 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritadi. Kumush medal sohiblari 14, bronza medaliga ega chiqqan dzyudochilar 7 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA