Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Olimpiya shaharchasi”da olti davlat yosh dzyudochilari bellashmoqda
12:30 / 2026-03-05

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” yakkakurash sport turlari majmuasida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Judo Sport Club Cup” xalqaro turnirida Belarus, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonning yosh sportchilari g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

“Judo Sport Club Cup” xalqaro musobaqasida umumiy hisobda 60 ta  sport klubining 2 ming 400 nafarga yaqin chempionlikka intilayotgan yosh sportchilari yosh guruhlari va vazn toifalarida mahoratini namoyish etmoqda.

Bellashuvlarni chet ellik hamda o‘zbekistonlik 49 nafar tajribali hakam boshqarib bormoqda.

Musobaqalar 6-martga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA