Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Olimpiya shaharchasi” O‘zbekiston sportining taraqqiyotini belgilaydigan maskanga aylanadi
10:10 / 2024-04-12

Poytaxtimizda qad rostlayotgan “Olimpiya shaharchasi” tobora yangicha qiyofaga kirib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikromov va Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov yetakchiligidagi mutaxasssislar ushbu maskanda bo‘lib, bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumki, yoshlar o‘rtasida Toshkent-2025 yozgi Osiyo o‘yinlari uchun barpo etilayotgan ulkan kompleksda metall-konstruksiya ishlari yakunlangan bo‘lib, sport majmualarni pardozlash ishlari davom etmoqda.

Mutasaddilar shaharchani barpo etayotgan pudratchi tashkilot hisoblangan Xitoyning “SAMSE” kompaniyasi vakillari bilan qurilish jarayonlari haqida suhbatlashishdi. Bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Muloqotlar davomida davlatimiz rahbari ko‘rsatmasi asosida “Olimpiya shaharchasi”ning har bir obyektiga o‘rnatiladigan zamonaviy asbob uskunalar, sport inventarlari, jihozlash uchun zarur mahsulotlarning sifati, yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tanishuv yakunida “Olimpiya shaharchasi” o‘zbek sportining taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan ilmiy-metodik markazga aylantirish kerakligi ta’kidlandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA