English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimpiya reytingida ishonchli harakatlanayotgan dzyudochilarimiz Toshkentda
09:36 / 2023-05-16

O‘zbekiston dzyudosi tarixida ilk bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida 4 ta medalni qo‘lga kiritgan terma jamoamiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi mutasaddilar, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakat dzyudo federatsiyasi vakillari, sportchilarning oila a’zolari hamda keng sport jamoatchiligi 52 kilogrammda Diyora Keldiyorova va 60 kilo og‘irlikda Dilshodbek Baratovning kumush medalga ega chiqishi, Murodjon Yo‘ldoshev va Alisher Yusupovning o‘z vaznlarida jahon chempionatining sovrindori bo‘lishi O‘zbekiston sportida yangi sahifa ochganligini e’tirof etishdi.

Jahon chempionati yakuniga ko‘ra, e’lon qilingan Olimpiya o‘yinlari reytingida Alisher Yusupov +100 kilogramm vazn toifasida peshqadamga aylandi. 15 nafar dzyudochimiz "Parij-2024" Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi pog‘onaga ko‘tarilgani yurtimiz sportchilari to‘rt yillik o‘yinlar ostonasiga ishonchli odim tashlayotganidan dalolat.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA