Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimpiya oʻyinlari tarixiga nazar: bir kunda 6 ta medal qoʻlga kiritgan atlet haqida bilasizmi?
07:07 / 2020-03-28

Olimpiya oʻyinlari oʻz tarixida misli koʻrinmagan voqeliklarni boshdan oʻtkazgan.


Olimpiya oʻyinlari oʻz tarixida misli koʻrinmagan voqeliklarni boshdan oʻtkazgan. Ulardan biri 1904-yil AQSHning Sent-Lyuis shahrida oʻtgan Olimpiadada boʻlgan.

Gap shundaki, ushbu Olimpiya oʻyinlarida mezbon gimnastikachi Jorj Eyser 1 kunning oʻzida 6 ta medal qoʻlga kiritgan. Gimnast ishtiroki davomida 3 ta oltin (parallel brus, tayanib sakrash va arqonga chiqish), 2 ta kumush (7 snaryad va ot ustida mashq) va bitta bronza (toʻsinda mashq) medallarini jamgʻargan. Yana bir ahamiyatli tomoni Eyser jismonan nosogʻlom boʻlib, chap oyogʻi oʻrnida yogʻochdan qilingan protez boʻlgan.

Taʼkidlash joiz, yuqorida sanab oʻtilgan har bir yoʻnalishda koʻpi bilan 5 nafar atlet qatnashgan va ularning bari AQSH termasi vakillari edi.