Olimpiya harakati: Bahraynda istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
Bahraynda davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlari doirasida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Saudiya Arabistoni olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari rahbari Shahzoda Abdulaziz bin Turki al Faysal bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot jarayonida tomonlar sport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish hamda xalqaro miqyosdagi qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Bildirilgan takliflar asosida kelgusida manfaatli hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, olimpiya harakati, sport turlari geografiyasini kengaytirish kabi yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA