Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimpiya boksida World Boxing tashkil etilganligi e’lon qilindi
11:26 / 2023-04-14

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro boks assotsiatsiyasi o‘rtasida janjal davom etar ekan, Olimpiya o‘yinlarida boksning kelajagini ta’minlash maqsadida yangi xalqaro tashkilot – Jahon boks federatsiyasi tashkil etildi.

Jahon boks federatsiyasiga Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Filippin, Shvetsiya va AQSH milliy federatsiyalari vakillaridan iborat vaqtinchalik ijroiya kengash rahbarlik qiladi.  

World Boxing o‘z oldiga Olimpiya harakatida boksni saqlab qolish, sportchilarning manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish, halol va adolatli raqobatni ta’minlashni maqsad qilgan.  

Shuningdek, u bokschilar manfaati uchun ishlab chiqilgan raqobat tuzilmasini yaratish va eng qat’iy boshqaruv standartlari va shaffof moliyaviy tizim bilan ishlashni va’da qilmoqda.  

World Boxingning yillik byudjeti 900 000 yevrodan iboratligi hamda ushbu tashkilot bosh qarorgohi Lozannada bo‘lishi ta’kidlanmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, boks sport turi 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan olib tashlangan. Kelgusi yili Parijda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalarini boshqarish, saralash tizimidagi turnirlardan Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) chetlashtirilgan.  

T.RO‘ZIEV, O‘zA