Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Olimpik" safardan 3 ochko bilan qaytdi
10:17 / 2024-06-14

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 6-turida qoldirilgan «Dinamo» va «Olimpik» uchrashuvi o‘tkazildi.

Jizzaxda o‘tgan o‘yinda «Olimpik» jamoasi a’zosi Ibrohim Ibragimov 90+1-daqiqada gol urib, jamoasi uchun muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Bu natijadan so‘ng poytaxt klubi ochkolarini 12 ga yetkazib oldi. «Surxon», «Dinamo» va «Qizilqum» dan ilgarilab ketgan holda sakkizinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.  

Bugun, 14 iyun kuni milliy chempionatimizning 11 tur bahslari boshlanadi. Mazkur turning dastlabki uchrashuvi «Metallurg» va «Bunyodkor» o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin Olmaliq shahridagi «OKMK» sport majmuasida soat 20:00 da boshlanadi.  

Bahsni Doston Rahmonov bosh hakam sifatida boshqaradi, unga qanotlarda Sardor Hakimov va Ruslan Serazitdinov yordam beradi. Zaxira hakami sifatida Alisher Abduvohidov ishlaydi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA