Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Olimpik” “Lokomotiv”ni, "Metallurg" “Dinamo”ni dog‘da qoldirdi
10:18 / 2022-10-18

Kecha, 17 oktyabr kuni futbol bo‘yicha Superliganing 22-tur uchrashuvlari start oldi. Uning dastlabki o‘yinlarida "Dinamo” Samarqandda Bekobodning "Metallurg" jamoasini qabul qilgan bo‘lsa, “Olimpik” jamoasi “Lokomotiv” bilan ro‘baro‘ keldi.

Samarqandliklar o‘z uyida bekobodliklarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Olimpik" esa "Lokomotiv"ni 2:1 hisobida taslim etdi. 

Bugun, 18 oktyabr kuni Superliganing 22-turi doirasida “Neftchi”-Navbahor”, “Paxtakor”-“Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona”-“Surxon” jamoalari kuch sinashadi. 

Ertaga, 19 oktyabr kuni esa turning so‘nggi uchrashuvlarida “Qizilqum”-“Nasaf” hamda “Bunyodkor”-AGMK jamoalarining o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA