Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimpiadaga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda
12:59 / 2014-09-23

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevralda qabul qilingan qaroriga muvofiq yurtimiz sportchilari 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida sportning ommaviyligini ta’minlash, ayniqsa, bolalar va xotin-qizlar sportini rivojlantirish, zamonaviy sport inshootlari barpo etish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar O‘zbekistonning jahon sportida mustahkam o‘rin egallashi, yoshlarimizning Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida o‘sib-ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevralda qabul qilingan qaroriga muvofiq yurtimiz sportchilari 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Buni Surxondaryo viloyati dzyudochilari misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Bolalar sportini rivojlantirish uchun qisqa yillarda viloyatda barcha sharoitlarga ega 116 bolalar sporti inshooti qurilib, foydalanishga topshirildi. Uzun, Sariosiyo, Denov, Sherobod, Boysun tumanlarida zamonaviy usulda jihozlangan bolalar sporti inshootlari qad rostladi. Ayni paytda mazkur inshootlardagi 70 seksiya va bo‘limlarda 1 ming 770 nafardan ortiq yosh sportning dzyudo turi bilan muntazam shug‘ullanayotir. Ularning 133 nafari qizlardir. Dzyudochi o‘g‘il-qizlarning 254 nafari ommaviy, 50 nafari birinchi toifaga ega. 14 nafari sport ustaligiga nomzod.

Yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar tufayli nufuzli xalqaro musobaqalarda, qit’a va jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan surxondaryolik polvonlar safi tobora kengayib bormoqda. Denov tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida dzyudo sirlarini chuqur egallagan Yahyo Imomov 2012-yilda London Olimpiadasida ishtirok etdi. 2013-yilda Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Jahon universiadasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yaqinda yosh polvon Suhrob Tursunovning Xitoyning Nankin shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi II Olimpiya o‘yinlarida 66 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasida bronza, jamoaviy bellashuvlarda oltin medalni qo‘lga kiritgani butun Surxon ahlini mamnun etdi.

– Dunyoning 170 mamlakatidan eng kuchli sportchilar ishtirok etgan Olimpiadada xorijlik tengdoshlarim bilan gilamga chiqqanimda Prezidentimizning yoshlarga bildirayotgan ulkan ishonchlari menga shijoat bag‘ishladi, – deydi S.Tursunov. – Bu muvaffaqiyatni yanada mustahkamlash uchun Braziliyada bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqdaman.

Termizlik Ramish Rahmatov, angorlik Sharofiddin Lutfullayev, qumqo‘rg‘onlik Hikmatulla To‘rayev, muzrabotlik Ozod Elbegiev kabi yoshlar qatorida denovlik Shohista Safarova, Mahliyo Sodiqova, sherobodlik Rohatoy Almurodova singari qizlarning dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritilgani ham viloyat yoshlari orasida ushbu sportning ommaviylashib borayotganini ko‘rsatadi.

– Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan izchil islohotlar va xalqimizning yagona ezgu-maqsad yo‘lidagi sa’y-harakatlari samarasidir, – deydi dzyudo federatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi raisi, xalqaro toifadagi sport ustasi Bekzod To‘raboyev. – Mamlakatimizda sportning ko‘plab turlari bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar o‘tkazilayotgani, yosh dzyudochilarimiz xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarayotgani barchamizni xursand qiladi.

Vohada sportning ushbu turini yanada rivojlantirish maqsadida dzyudo federatsiyasi viloyat bo‘limi yosh sportchilar o‘rtasida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazib, eng kuchli polvonlarni saralab olmoqda. Ular o‘rtasida turli bellashuvlar tashkil etilib, g‘olib dzyudochilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.