Olimpiada g‘oliblari kutib olindi (+video)
29 yanvardan 5 fevralga qadar Indoneziyaning Bali orolida "Komodo Math Competition" xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu olimpiadada 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 11 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchilar ham ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, hamyurtlarimiz 3 ta oltin medal, 3 ta kumush medal, 2 ta bronza medal, 2 ta Honorable mention medali bilan Vatanga qaytdilar.
Toshkent xalqaro aeroportida g‘oliblar tantanali ravishda kutib olindi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZJ1MBc7mtrI" title="Dual ta’lim – ta’lim yo`lidagi sifatli islohot" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, O‘zA