Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimpiada chempioni bilan uchrashuv
09:49 / 2021-09-22

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, umumiy hisobda 430 kilogramm tosh ko‘tarib, Olimpiya rekordini o‘rnatgan va Vatanimizga ikkinchi oltin medalni keltirgan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i I.Abdusattorov O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga tanilishida sportning ahamiyati, o‘rni beqiyos ekanligi, sportni rivojlantirishga davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.  

Shuningdek, uchrashuvda yozgi Olimpiada o‘yinlarida sportchilarimiz qo‘lga kiritgan yutuqlar Ona Vatanimiz istiqlolining 30 yilligiga munosib sovg‘a sifatida barchamizga cheksiz quvonch ulashganligi, dunyoning eng kuchli sportchilari qatnashgan musobaqada mamlakat sharafini munosib himoya qilish — haqiqiy qahramonlik ekanligi qayd etildi.  

– Sportchiga bildirilgan har qanday ishonch uning olg‘a intilishida katta kuch beradi, – dedi  Olimpiada rekordchisi va chempioni Akbar Jo‘rayev. – Olimpiya o‘yinlari har qanday sportchi uchun katta sinov hisoblanadi. bugungi uchrashuvda erishgan yutuqlarimiz, Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritguncha bo‘lgan mashaqqatli yo‘l, musobaqalardan olgan taassurotlarim haqida so‘zlab berdim.  

Uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. DXM va FHDYO xodimlarining sportchiga berayotgan savollaridan ularning sportga, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishlari yuqori ekanligini anglatadi. Ayniqsa, Olimpiada g‘olibining berilgan savollarga o‘z hayoti misolida javob berishi uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

 A.Musayev,O‘zA