Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimlarni quyoshdan 800 marta og‘ir fazoviy jism xavotirga solyapti
10:34 / 2023-06-02

Mutaxassislar "Messier-4" (M4) eng yaqin yulduz klasterini o‘rganishdi va bu noma’lum kosmik ob’ektning massasi quyoshdan 800 karra og‘irligini aniqladi. Ko‘rinmas jismni astronomlar “alohida qora tuynuk” deya gumon qilishmoqda. Bu haqda "Rambler.ru"xabar bermoqda.

"M4" yerga eng yaqin sharsimon klaster bo‘lib, 6160 yorug‘lik yiliga teng masofada joylashgan. 1746 yildan, ya’ni kashf etilganidan beri astrofiziklar jism markazida nima yashiringaniga hayron. Tadqiqotchilar amaldagi nazariy taxminga asoslanib, bu ulkan qora tuynuk uchun ideal joy, deb hisoblashadi. "Hubble" teleskopi orqali olib borilgan yangi izlanish “olovni battar alangalatdi”. Tortishish markazi atrofida aylanadigan yulduzlar harakatini kuzatgan olimlar fikricha, mazkur fazoviy jism somon yo‘lining 800 quyoshicha – galaktikamiz birlashgandek kuchga ega.

N.Safarmatova