French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimlar Yupiter haqidagi tasavvurni o‘zgartirdi
15:23 / 2026-02-03

50 yildan ortiq vaqt davomida Yupiterning o‘lchami va shakli haqidagi ma’lumot o‘zgarmay kelgan. Nihoyat Veysmann fan instituti olimlari zamonaviy texnologiya va yangi ma’lumotlar asosida ushbu tasavvurni qayta ko‘rib chiqdi.

“Nature Astronomy” jurnalida e’lon qilingan tadqiqot xulosasida Italiya, AQSH, Fransiya va Shveysariya olimlaridan iborat xalqaro jamoa Yupiterning o‘lchami va shaklini eng yuqori aniqlikda hisoblab chiqdi.

Xususan, avvalgi hisob-kitobga nisbatan biroz kichik ekani aniqlangan sayyoraning radiusi ekvator qismida 4 kilometr, qutb hududida esa 12 km qisqaroqligi ma’lum qilindi. Yangi o‘lchovga ko‘ra, Yupiterning ekvator radiusi 71 484 km, qutbiy radiusi esa 66 842 km. Baribir, ushbu sayyora hajmi hamon Quyosh tizimida eng yirik.

Veysman instituti Yer va sayyoraviy fanlar bo‘limi professori Yoxay Kaspiy ta’kidlashicha, o‘lchamni aniqlash uchun aylanma va Yerga nisbatan masofani kuzatish yetarli. Yuqori aniqlikka erishish uchun esa murakkab ilmiy usullar qo‘llangan.

Tadqiqot rahbari doktor Eli Galanti Yupiter haqidagi avvalgi ma’lumot NASA huzuridagi “Voyager” va “Pioneer” missiyalari davomida olingan va atigi olti o‘lchovga asoslangan edi. “Juno” apparati orqali amalga oshirilgan bu galgi tajriba esa 26 zamonaviy o‘lchov natijasiga tayangan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA