Olimlar sayyoramizga qarab harakatlanayotgan “3I/ATLAS” kosmik obektidan birinchi radio signalni aniqladi, deb xabar tarqatdi “The Astronomer’s” portali.
O‘zga sayyoralik “kema”dan mujda 1665 MGs va 1667 MGs yo‘nalishlarida aniqlandi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, signal Janubiy Afrikadagi “MeyerKAT” radio teleskopi tomonidan qabul qilingan.

Garvard universiteti professori Avi Loyebning so‘zlariga ko‘ra, kelasi yil 16 mart kuni “3I/ATLAS” Yupiter yonidan o‘tadi. O‘shanda “Yunon” kosmik apparati ob’ektning past chastotali radio signalini aniqlashga urinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “3I/ATLAS” koinot ob’ekti joriy yil 1 iyul kuni aniqlangan edi. Keyinchalik, olimlar bu boshqa yulduz tizimidan kelgan kometa ekanligini payqab qolishdi. Uning (yadroni o‘rab turgan gaz va chang buluti) diametri taxminan 24 kilometrni tashkil qiladi. Kompyuter modeli ob’ekt yoshini yetti yarim milliard yildan ortiq, deb baholadi — bu Quyoshdan uch milliard yil katta degani.

Sentyabr oyida Loyeb Quyosh tizimidan o‘tayotgan yulduzlararo ob’ekt “3I/ATLAS” “anomal evolyutsiya”dan o‘tganini va rangini o‘zgartira boshlaganini xabar qilgan edi.
S.Rahimov, O‘zA