Olimlar yaqinlashib kelayotgan falokat haqida bong urishdi
Global isish sayyoramiz iqlimini qaytarib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirishi mumkin, deb yozmoqda “Guardian” nashri.
Xabarga ko‘ra, haroratning asta-sekin ko‘tarilib borishi allaqachon dunyo bo‘ylab odamlar hayotiga ta’sir qilmoqda.
AQSHdagi Yer ekotizimlarini o‘rganish assotsiatsiyasi professori Kristofer Volf fikricha, kritik o‘zgarishlar aynan qachon sodir bo‘lishini oldindan aytish juda qiyin. Uning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi mutaxassislar bashorat qilganidan ko‘ra ancha tezroq rivojlanmoqda.
Fevral oyi boshida astronomlar Quyoshda katta portlash haqida ogohlantirib, buni juda katta energiya zaxiralariga ega yangi tashkil etilgan faollik markazi bilan bog‘lashgan. Shuning uchun yulduz o‘z energiyasini yo‘qotish uchun chaqnashlar yaratmoqda.
S.Rahimov, O‘zA