English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimlar Xugerbitsning Uzoq Sharqda megazilzila bo‘yicha bashoratiga baho bermoqda
10:30 / 2023-04-25

Mutaxassislar niderlandiyalik Frenk Xugerbitsning kelgusida Uzoq Sharqda kuchli zilzila bo‘lishi haqidagi yangi bashoratiga jiddiy munosabat bildirishi qiyin masala, dedi RIA Novostiga Uzoq Sharq geologiya institutining Saxalin filiali yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari nomzodi Aleksey Konovalov.

Xugerbits professional olim emas, u fevralda Turkiya va Suriyada yuz bergan zilziladan keyin mashhur bo‘ldi. Halokat sodir bo‘lishidan uch kun avval u mazkur mintaqada 7,5 magnitudali zilzila ro‘y berishi mumkinligi haqida xabarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan edi.  

21 aprel kuni SSGEOS saytida (Xugerbits uning xodimi bo‘ladi) yaqin orada Uzoq Sharqda 7 yoki 8 magnitudalik seysmik hodisa ro‘y beradi, degan xabar joylashtirildi.  

“Ko‘rinib turibdiki, bunday bayonotlar Xugerbitsning asosiy daromad manbai hisoblanadi, chunki  u o‘zining prognozlarini e’lon qilib borayotgan  mazkur sayt obunachilarning xayriya pullari hisobiga faoliyat yuritadi. Shu bois u o‘zining “avliyolik” chiqishlari katta shov-shuvlarni keltirib chiqarishidan manfaatdor”, – deb ta’kidlaydi saxalinlik  olim.  

Konovalov fikricha, gollandiyalik “bashoratchi”da prognozlarini tasdiqlaydigan aniq ilmiy tahlillar va bekamu-ko‘st tajriba ma’lumotlari yo‘q.

“Xugerbitsning har bir prognozini ishonch bilan ta’kidlashi ba’zan  kulgini qistaydi. Masalan, u avvaldan bashorat qilgan zilzila hududidan uzoq bo‘lgan radiusda ro‘y bergan istalgan birinchi xodisani oladida, ko‘rdinglarmi – bu sodir bo‘ldi, – deydi. Shu bilan birga, unga boshqa joyda boshqacha zilzila va uning kuchi ham boshqacha ekani muhim emas, lekin odamlar nimagadir shunga ishonadi. Bu kabi usullar ba’zan mos kelishi ham mumkin. Turkiyadagi zilzila bilan ham xuddi shunday bo‘ldi”, – deydi olim.

“Xugerbitsning Uzoq Sharq bo‘yicha so‘nggi prognoziga keladigan bo‘lsak, megazilzilalar birinchi navbatda Kuril orollari va Kamchatkada bo‘lishi shundog‘am tushunarli. Chunki ushbu hudud Tinch okean olovli xalqasiga kiradi va zilzilalarning qariyb 90 foizi ushbu hududda ro‘y beradi” – deya xulosa qiladi Konovalov o‘z intervyusida.