Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimlar tajriba almashdi
15:22 / 2025-10-20

Respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida Turk mamlakatlari anesteziolog va reanimatologlarining “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilishning dolzarb muammolari: yutuqlar, muammolar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida 1-kongressi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Unda  viloyatning barcha davolash muassasalarida ishlayotgan mutaxassis anesteziolog va reanimatologlar va klinik ordinatorlar qatnashdi.

Anjumanda olimlar tomonidan “Ultrasonografiyadan foydalanishning asoslari”, “Nafas yo‘llarini ultrasonografik baholash”, “O‘pkalarni ultrasonografik baholash”, “Qon tomir intervensiyalarida anesteziyada ultrasonografiyadan foydalanish”, “Yurakni ultrasonografik baholash” hamda “Qorin bo‘shlig‘ini ultrasonografik baholash” mavzusida qiziqarli yangi ilmiy-amaliy ma’lumotlar havola qilindi.

Nazariy ma’ruzalardan so‘ng, “Mahorat darslari” ham amalga oshirildi.

Tadbir davomida konferensiya ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ulardan zamonaviy tibbiy ko‘nikma va bilimlarni egallashdi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.