Olimlar qo‘rqinchli voqealarning xotiraga ta’sirini o‘rganmoqda
Tuleyn universitetining Fan va muhandislik maktabi hamda Tafts universitetining Tibbiyot maktabi neyrobiologlari jamoasi miyaning his-tuyg‘ularga javob beradigan bodomsimon sohasida qo‘rqinchli voqealarning uzoq vaqt xotirada shakllanish mexanizmini tushuntirib berdi. Tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida chop etildi.
Tadqiqot jarayonida mutaxassislar qattiq hayajon paytida ishlab chiqariladigan neyromediator noradrenalin miyada qo‘rqinchli xotiralarning to‘planishini osonlashtiradi. Bu bodomsimon tanadagi neyronlarni bo‘g‘uvchi muayyan guruhni qo‘zg‘atish natijasida ro‘y beradi.
Roman BONDARCHUK, O‘zA