Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimlar qanday oziq-ovqatlar o‘lim xavfini kuchaytirishiga aniqlik kiritdi
12:54 / 2021-02-04

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, donni qayta ishlab (tozalab) tayyorlangan oziq-ovqat ko‘p iste’mol qilinsa, tozalanmaganidan tayyorlangan mahsulotga qaraganda ko‘proq yurak-qon tomiri kasalliklari va o‘lim xavfini oshirarkan.

Bu boradagi tadqiqotlar natijasi yaqinda “BMJ” jurnalida e’lon qilindi.

Statistika sayyoramiz aholisining, qariyb, 50 foizi kunlik kaloriyani donli mahsulot, masalan suli, guruch, arpa yoki bug‘doydan tayyorlangan oziq-ovqat hisobiga to‘ldiradi. Daromadi o‘rta va past darajada bo‘lgan mamlakatlar, jumladan, Afrika va Janubiy Osiyoda bu ko‘rsatkich 70 foizga ham yetadi.

Ma’lumki, tozalanmagan donli mahsulot tozalanganiga nisbatan tarkibida ko‘proq vitamin, mineral va o‘rnini hech narsa bilan bosib bo‘lmaydigan yog‘ kislotasini saqlaydi. Avvalgi tadqiqotlar tozalanmagan don mahsuloti yurak va qon tomirlari uchun foydali ekanini ko‘rsatgan, lekin tozalangan donning zarari hali noma’lum edi.

Turli mamlakatlar olimlari tozalangan don, yuz foiz dondan tayyorlangan oziq ovqat va oq guruchning yurak-qon tomirlari kasalliklari va o‘lim holatiga qanchalik aloqasi borligini aniqlash uchun yirik loyihaga qo‘l urishdi.

Dastlabki ma’lumot sifatida olimlar “PURE” istiqbolli epidemiologik izlanish natijasini olishdi. Mazkur tadqiqot besh qit’aning 21 mamlakatida turli daromad ko‘rsatkichiga ega aholi orasida olib borilgan. Tajriba uchun shu vaqtgacha yurak-qon tomirlari kasalligi bilan og‘rimagan 35-70 yosh orasidagi 137 ming 130 kishi tanlab olingan.

Avvaliga ishtirokchilarning ovqatlanishi, ma’lumoti va farovonlik darajasi, turmush tarzi hamda kasallik tarixi o‘rganildi. Olimlar ushbu ma’lumotlarni so‘rov o‘tkazish orqali to‘plagan. Shundan keyin 9 yil davomida tadqiqot ishtirokchilarining yurak-qon tomirlari kasalligidan o‘limga olib keluvchi jarayon va jiddiy yurak-qon tomirlari xastaligi bilan bog‘liq hodisalar, jumladan, infarkt, insult va o‘tkir yurak tanqisligiga uchrash holatlari kuzatib borildi.

Natija shuni ko‘rsatdiki, kuniga 350 gramm yoki yetti hissa tozalangan don mahsuloti iste’mol qilgan kishida kuniga 50 grammdan oz tozalangan don mahsuloti tanovul etgan odamga nisbatan o‘lim ehtimoli 27 foiz yuqori chiqqan. Qolaversa, ularning yurak bilan bog‘liq xastalikka chalinishi ehtimoli ham 33 foiz farqlangan. Tozalangan don mahsulotidan tayyorlangan oziq-ovqatni ko‘p yeyish qon bosimini ham oshirar ekan.

Mazkur tadqiqot ilk bor tozalangan dondan tayyorlangan ovqat yurak uchun zararli ekanini hamda yashab qolish imkoniyatini pasaytirishini ko‘rsatdi.

Mualliflar fikricha, faqat tozalangan oq guruch bundan mustasno. Tadqiqotchilar oq guruchni boshqa turdagi don mahsulotlaridan alohida holda tadqiq qilishyapti, chunki oq guruch Osiyo mamlakatlari aholisining asosiy yeguligi hisoblanadi.  

Darvoqe, tadqiqotda ishtirok etganlarning ham 60 foizi aynan osiyoliklar ekani ta’kidlangan.