O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Fanlar akademiyasining olim va xodimlari ishtirokida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
— Ilm ahli, ziyolilar fandagi yangilik va loyihalar ichida yashaydi. Olimlarimizning ishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ushbu musobaqa o‘tkazildi. Shaxmat aql va zakovatni talab etadigan o‘yin. Shu ma’noda bu sport musobaqasi olimlarga zavq va kuch bag‘ishladi,—deydi Fanlar akademiyasi matbuot xizmati rahbari Gulnoza Sharofova.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha musobaqada ayollar o‘rtasida
1-o‘rin Ezoza To‘xtasheva-O‘simlik moddalari kimyosi instituti,
2-o‘rin Nigora Tagaliyeva-Bioorganik kimyo instituti,
Matematika institutidan Karomat Nazarqulova esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Erkaklar o‘rtasida
1-o‘rin Azamat Ahmedov-Mexanika inshootlar seysmik mustahkamligi instituti,
2-o‘rin Chori Sherdonov-Astronomiya instituti,
3-o‘rin Xumoyunmirzo G‘ulomjonov-Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti xodimlariga nasib etdi. G‘oliblar akademiya tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
N.Rahmonova, O‘zA.