Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimlar organlarning biologik yoshini aniqlovchi qon tahlilini yaratdi (+video)
09:43 / 2025-07-25

Stenford universiteti olimlari inson organlarining biologik yoshini aniqlashga mo‘ljallangan yangi avlod qon tahlilini ishlab chiqdi. Bu innovatsion test yordamida har bir a’zoning qanday tezlikda qarishini baholash, shuningdek, kelajakdagi sog‘liq bilan bog‘liq xavflarni oldindan aniqlash mumkin bo‘ladi.

Tadqiqotni boshqargan professor Toni Viss-Korey ushbu yondashuvni shunday izohladi:

“Biz qon asosida a’zolaringizning yoshini aniqlay oladigan indikatorlarni ishlab chiqdik. Bu usul yordamida bugun organizmingiz holatini baholab, kelgusi o‘n yillikda qanday kasalliklar rivojlanishi mumkinligini oldindan bashorat qilishimiz mumkin.”

Tahlil inson qonidagi oqsil profillarini tahlil qilish orqali yurak, buyrak, o‘pka, mushak va boshqa organlarning biologik yoshini xronologik yosh bilan solishtirib aniqlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, har bir organ turli tezlikda qarishi mumkin, ammo inson umrining davomiyligida eng muhim omil — miya yoshi hisoblanadi.

17 yil davom etgan tadqiqotda 44 mingdan ortiq 40–70 yoshdagi ko‘ngillilar ishtirok etdi. Unga ko‘ra, yosh ko‘rinishga ega miya insonning umrini uzaytirishi va o‘lim xavfini kamaytirishi mumkin. Aksincha, “qari” miya o‘lim xavfini ikki baravardan ortiq oshiradi va Alsgeymer kasalligiga chalinish ehtimolini 12 baravarga ko‘paytiradi.

“Miya — uzoq umr ko‘rishning darvozabonidir. Agar miyangiz yosh bo‘lsa, ehtimol, siz uzoq yashaysiz. Agar u qari bo‘lsa, bu xavfli.” - Viss-Korey

Yangi qon testi kelajakda shifokorlarga faqat kasalliklarni davolash emas, balki ularni oldindan aniqlash va profilaktika qilish imkonini beradi. Bu yondashuv tibbiyotda shaxsiylashtirilgan yondashuv sari muhim qadam bo‘lishi mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/avXgqsSTy3M" title="Olimlar organlarning biologik yoshini aniqlovchi qon tahlilini yaratdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA