Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimlar onlayn anjumanda fikr almashdi
12:07 / 2020-05-20

Samarqand davlat universitetida “Innovatsion va zamonaviy axborot texnologiyalarini taʼlim, fan va boshqaruv sohalarida qoʻllash istiqbollari” mavzuida onlayn xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi.


Samarqand davlat universitetida “Innovatsion va zamonaviy axborot texnologiyalarini taʼlim, fan va boshqaruv sohalarida qoʻllash istiqbollari” mavzuida onlayn xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi.

Dastlab, Samarqand davlat universiteti rektori R.Xolmurodov, Isroil davlati Xolon texnologiya instituti prezidenti E.Yakubov, Belarus milliy texnika universiteti professori I.Gancherenok ayni paytda jamiyat hayotining barcha tarmoqlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga zarurat oshib borayotgani, ayniqsa, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda bu sohaning ahamiyati beqiyos ekanligi taʼkidlandi. Oliy oʻquv yurtlari rahbarlari bu borada oʻz mamlakatlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Shundan soʻng anjumanning shoʻba majlislarida Isroil, Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, AQSH va boshqa xorijiy mamlakatlar hamda respublikamizdagi oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuzdan ortiq olim va tadqiqotchilari, soha mutaxassislarining maʼruzalari tinglandi hamda muhokama qilindi. Xususan, turli tizimlarda algoritmlash, modellashtirish, tafakkurli texnologiyalar, muhandislik matematikasi hamda taʼlim, fan va boshqarish tizimlarida axborotlashtirish, oʻrgatuvchi texnologiyalar, elektron resurslar kabi masalalar konferensiya qatnashchilari tomonidan atroflicha tahlil qilindi.

Konferensiya davomida Xolon texnologiya institutining robototexnika sohasidagi yutuqlari taqdimoti oʻtkazildi va u ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.