Olimlar koronavirusdan himoyalovchi dubulgʻa ixtiro qilishdi
Rossiyalik bir guruh tibbiyot olimlari virusdan himoyalovchi vosita ixtiro qilishgan.
Rossiyalik bir guruh tibbiyot olimlari virusdan himoyalovchi vosita ixtiro qilishgan. U dubulgʻaga oʻxshaydi, deya maʼlumot beradi ren.tv internet nashri.
Unda aytilishicha, ushbu himoya vositasini ishlab chiqarish oʻtgan yilning sentyabr oyida boshlangan. Dubulgʻa aslida, polen va changdan himoyalanish maqsadida ishlab chiqarilayotgan boʻlgan. Ammo koronavirus sabab rejalar oʻzgarib, olimlar virusdan himoyalovchi vosita yaratishga qaror qilishadi. Dubulgʻaning ichiga havo tozalovchi filtr, ventilyator, havo namlantirgich hamda ingalyatsiya uchun modul oʻrnatilgan.
“Shifokorlar uchun dubulgʻa bilan ishlash qulay va xavfsiz. U gazli niqobga oʻxshab nafas olish mushaklariga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi hamda ortiqcha noqulaylik tugʻilmaydi”, deydi Volgograd davlat tibbiyot universiteti professori Aleksandr Vorobyev.