Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimlar ko‘k kitlar ovoz chiqarmay qo‘yganidan xavotirda
18:24 / 2025-08-08

Olimlar ko‘k kitlar “kuylamay” qo‘yganidan jiddiy xavotirga tushgan, deb yozdi “National Geographic” nashri.

— Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot ko‘rsatdiki, ko‘k kitlar ovoz chiqarish ketma-ketligi qariyb 40 foiz kamaygan, — deyilgan maqolada.

Bu okeandagi haroratni ko‘taruvchi dengiz issiq to‘lqini ta’sirida ko‘k kitlarning asosiy yemishi bo‘lmish krill, deyarli, yo‘q bo‘lib ketgani bilan bog‘liq ekan.

— Jonivorlar chiqarayotgan ovoz och qolganda qo‘shiq kuylashga urinishdek tasavvur uyg‘otmoqda, — deydi Monterey Bay akvarium tadqiqot instituti biolog-okeanshunosi Jon Rayan.

Yana bir mutaxassis Kelli Benua-Berd esa kitlar uchun oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammo butun ekologiya tizimi uchun jiddiy oqibatga olib kelishini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumki, ko‘k kit og‘irligi 150 tonnagacha keladigan, uzunligi 33 metrga yetadigan sayyoramizdagi eng ulkan jonivor hisoblanadi.