Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimlar implant yordamida ko‘rish qobiliyatini to‘liq tikladilar (+video)
18:08 / 2024-10-28

Prima kompaniyasi ko‘z shohpardasi implantati bo‘yicha ilk klinik sinovlarni yakunladi va bu 38 nafar bemorga yosh o‘tishi tufayli rivojlanadigan makulyar degeratsiya kasalligi oqibatida yo‘qolgan ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam berdi. Bu kasallik tufayli butun dunyo bo‘ylab taxminan 8 million odam markaziy ko‘rish qobiliyatidan ayrilgan.

Prima qanday ishlaydi? Implant simsiz fotoelektrik chipdan iborat bo‘lib, uning ishlash tizimiga maxsus ko‘zoynak va ko‘chma protsessor ham kiradi. Bunday tizim bemorlarga qaytadan kitob o‘qish, yuzlarni tanish va kundalik ishlar bilan shug‘ullanish imkonini beradi.

Sinov natijalari: Operatsiyadan 6 va 12 oy o‘tgach, ishtirokchilarning ko‘rish o‘tkirligi sezilarli darajada yaxshilangan, eng yaxshi natijalarda esa bemorlar avvalgi holatiga nisbatan 59 tagacha harflarni ko‘ra olgan. Eng muhimi, texnologiya mavjud ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan.

Stenfordda boshlangan va Pixium Vision kompaniyasi rahbarligida rivojlantirilgan bu ishlanma yaqin yillarda ommaviy qo‘llanilishi mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Jh_75uOkejg" title="Olimlar implant yordamida koʻrish qobiliyatini toʻliq tikladilar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA