Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimlar eng ko‘p spirtli ichimliklar iste’mol qilinadigan mamlakatni aniqladi
12:12 / 2021-12-06

Giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar bo‘yicha global tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, avstraliyaliklar dunyodagi eng ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qiladigan xalq bo‘lib chiqdi.

Ma’ruzada aytilishicha, Avstraliya aholisi ushbu zahri qotilni boshqa mamlakatlar fuqarolariga qaraganda ko‘p iste’mol qilar ekan. Ular bir yilda o‘rtacha 27 marotaba ko‘p ichib mast bo‘lib qolgan. Bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan (15 marotaba) qariyb ikki barobar ko‘p. Ko‘p ichish borasida yetakchilar uchligidan Daniya va Finlyandiya joy egalladi. Tadqiqotlar natijasida yana bir fakt aniqlandiki, barcha mamlakatlarda erkaklar ayollardan ko‘p ichadi. Bu borada ayollar bilan erkaklar orasidagi eng katta farq italiyaliklar, belgiyaliklar va shveysariyaliklar orasida qayd etildi.

Bundan tashqari, avstraliyaliklar alkogolni haftasiga o‘rtacha ikki marotaba yoki bir yilda 106 marta iste’mol qiladi. Bu borada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni tegishlicha, Yangi Zelandiya va Niderlandiya egalladi.