Olimlar avtomobil pokrishkalaridan qotmaydigan yoqilg‘i ishlab chiqarishni o‘rgandilar
Rossiyalik olimlar avtomobil shinalaridan arktik yoqilg‘i ishlab chiqarish texnologiyasini yo‘lga qo‘yishdi.
Hozirgi kunda ishlatilgan aksariyat avtomobil pokrishkalari yerga ko‘miladi. Bu esa, ekologik jihatdan zararlidir. Chunki rezinaning parchalanish jarayoni yuzlab yillar davom etadi. Pokrishkalarni yoqilg‘i sifatida qayta ishlash bu muammoni hal etadi.
Milliy texnologiya tadqiqot universiteti olimlari bunda bug‘ pirolizi texnologiyasidan foydalanishni taklif etishadi.
Qayta ishlash jarayonida hosil bo‘lgan yoqilg‘i xususiyatlariga ko‘ra mazutga o‘xshab ketadi. U 50° haroratgacha qotib qolmaydi, shu bois undan qozog‘onxonalar va Arktika kemalarda foydalanish mumkin.
Roman BONDARCHUK, O‘zA