Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olimjon O‘sarov: tanlovda ovoz yig‘ishda soxta layklarga yo‘l qo‘yilmagan
12:22 / 2021-09-15

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

–Tanlovda ishtirok etayotgan ishlarning sara ijod mahsullari saralab olindi, –deydi O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov. –Maxsus yaratilgan veb-saytda  ishtirokchilarning ovoz yig‘ish jarayonida  xakkerlar orqali  soxta layk yig‘ish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmagan. Ovoz yig‘ishda ketma-ketlikka yo‘l qo‘yilsa, ma’lum bir miqdordan keyin ovoz berish avtomatik tarzda to‘xtaydi. Ya’ni  xakkerlar kuchidan foydalanish imkoni yo‘q edi.Tanlovda 100 nafarga yaqin ijodkor o‘z ishlarini taqdim qildi.Bu galgi ko‘rik- tanlovda mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin jihatlarini ochib bergan ishlar yuqori baholandi.Mingga yaqin ijod mahsullari baholandi.Eng sara asarlar avval viloyat bosqichida saralanib, keyin respublika bosqichida ko‘rib chiqilishi tanlov nufuzini ko‘tardi, deb o‘ylayman.

Muhayyo  Toshqorayeva, O‘zA