Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olima ayollarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni e’tirof etildi
14:56 / 2024-08-29

FOTOREPORTAJ

Namangan davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida olima ayollarning o‘rni” mavzuida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Jamiyatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ifoda etish, davlat va jamiyat munosabatlarida ayollarning o‘rni va rolini yanada oshirish, ularning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy sohalarda manfaatlarini himoya qilish masalasi Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans avlodini shakllantirishning asosiy shartlaridan biridir.

Anjumanni viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov kirish so‘zi bilan ochib, olima ayollarning barcha sohalardagi samarali mehnati, jamiyat va oila hayotidagi ulkan xizmatlarini e’tirof etdi.

Tadbirda institut rektori B. Husanov, professor M. Sobirova, “Qalqon maxsus guruh” nodavlat ta’lim muassasasi direktori S. Egamova, “Viloyat ixtirochi va olima ayollar” jamiyati rahbari A. Turg‘unboyev ma’ruzalari tinglandi.  

[gallery-18997]

Shuningdek, “Namanganlik olima ayollarning ta’lim va taraqqiyot sohasidagi izlanishlari”, “Ta’limdan taraqqiyot sari odimlar”, “Ilm ulug‘laydi ayolni” mavzulari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy anjumanda bir guruh olima ayollar taqdirlandi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA