Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olima ayollar – millat kelajagining tarbiyachisi
09:48 / 2025-02-23

Qarshi davlat texnika universitetida Qashqadaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat “Olima” va “Ixtirochi ayollar” uyushmalari hamkorligida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” haftaligi doirasida “Olima ayollar – millat kelajagining tarbiyachisi” mavzusida xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari va xalq amaliy san’ati namunalari bo‘yicha ko‘rgazmalari tashkil etildi.  

Shundan so‘ng “Olima ayollar – yangi O‘zbekiston taraqqiyotida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy seminar bo‘lib o‘tdi.  

Ma’ruzalarda aholining salomatligini yaxshilash va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat dasturining ustuvor yo‘nalishlari, olima ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ilmiy izlanishlari, ma’naviyatli onaning komil inson tarbiyasidagi fidoyiligi e’tirof etildi.

[gallery-21881]

Shuningdek, tadbir doirasida “Milliy libos – millat g‘ururi” shiori ostida universitetning olima ayollari, talaba qizlar o‘rtasida milliy liboslar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari