FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Termiz davlat universiteti hamkorligida “Ilm-fan sohasida ayollar: yutuqlari va muammolari” mavzuida seminar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova, Termiz davlat universiteti rektori, professor Abduqodir Toshqulov, olima ayollar, davlat mukofoti va nomdor stipendiyalar sovrindorlari bo‘lgan talaba-qizlar ishtirok etdi.
Universitet rektori A. Toshqulov tadbirda so‘z olib, hozirda Termiz davlat universitetida olimalar soni 89 nafarni tashkil etishi va ularning 15 nafari 35 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlardan iborat ekanligini qayd etdi. Bugungi kunda oliygohdagi olima ayollar nafaqat universitet hayotida, balki jamiyatimizda ham faol ekanligi xususida so‘z yuritildi.
[gallery-15943]
Viloyatda o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan xotin-qizlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA