Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olima ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi
09:28 / 2025-11-22

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitada “Birodar shaharlar va ilm-fan: olimalar bilan barqaror kelajak sari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar uchun Qo‘mita hududida joylashgan milliy madaniy markazlar pavilyonlari bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida turli millat va elatlarning tarixi, madaniy merosi, urf-odatlari, an’analari, milliy kiyimlari, hunarmandchilik namunalariga oid ekspozitsiyalar bilan tanishtirildi. Ushbu pavilyonlar mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlarning ko‘p asrlik qadriyatlarini namoyish etib, O‘zbekistonda turli millat vakillariga yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida keng tasavvur berdi.

Shundan so‘ng qo‘mitaning majlislar zalida ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan olimalar, jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar vakillari va tegishli idoralar mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. 

Tadbir davomida ayol olimalarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi ilmiy tashabbuslarni kengaytirish hamda shaharlararo hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida Birodar shaharlar alyansi va O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Memorandum ikki tomonlama ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish,innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish va ilmiy salohiyatni oshirishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishni nazarda tutadi.

Davra suhbati yakunida tomonlar yaqin kelajakda amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar, ilmiy almashinuvlar va hamkorlikning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha kelishib olishdi.

Nigora Rahmonova, O‘zA