FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi temir yo‘l vokzalida “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning “Davlat idoralarida olima ayollarning mas’uliyati va jamiyatdagi o‘rni” mavzuidagi forumi ishtirokchilari kutib olindi.
Olima xotin-qizlar ko‘hna va boqiy Buxoroning ko‘rki bo‘lgan “Labi hovuz” majmuasida jam bo‘ldi. Majmua yaqinidagi mo‘jaz maskanda xalq og‘zaki ijodi namunalarini kuylab turgan ijodiy jamoaning kuy-qo‘shiqlari barchaga xush kayfiyat ulashdi. Shundan so‘ng, kayvoni onaxonlar, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bahoriy shoh taom - sumalak pishirish uchun doshqozon atrofida yig‘ildi.
[gallery-16195]
Forumning dastlabki kuni sumalak saylida, yuqori kayfiyatda o‘tdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA