French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olima ayol – jamiyat ko‘rki
20:18 / 2023-09-09

Andijon mashinasozlik institutida “Olima ayol – jamiyat ko‘rki” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi hamda  “Olima ayol” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ayol professor-o‘qituvchilar, talaba qizlar ishtirok etdi.  

Tadbirda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Muhtarama Xoliqova xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni mustahkamlashdagi roli va ishtiroki haqida gapirdi. Shuningdek, institutda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xususan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan talaba va o‘qituvchi ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.  

Davra suhbatida olima ayollar, iqtidorli talabalarning  ayol-qizlarni fan sohasiga kengroq jalb etish, olima ayollar safini kengaytirish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.  

Ishtirokchilar tomonidan ma’ruzalar hamda qayd etilgan yo‘nalishlardagi ishlar sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

 

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (surat),  

O‘zA  muxbirlari