Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘lim hududini zabt etgan 38 yoshli alpinist bilan eksklyuziv suhbat (+Video)
09:53 / 2022-09-13

Sergey Denisenko sportning ekstremal turi hisoblangan alpinizm bilan shug‘ullanadi. Sirli ona tabiat, baland tog‘lar va cho‘qqilarga chiqish uning hayot mazmuniga aylangan. Sergey o‘tgan (2021) yili Everestni zabt etib, cho‘qqiga O‘zbekiston bayrog‘ini qadadi. O‘z muvaffaqiyatini O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlagan sportchiga «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni va prezident sovg‘asi topshirildi. Sergey Toshkent shahrida tug‘ilib o‘sgan. Ish faoliyati reklama tadbirkorligi bilan bog‘liq. Oilali, ikki nafar farzandning otasi.

Alpinist O‘zA muxbiriga Everestni qanday mashaqqatlar bilan zabt etgani haqida so‘zlab berdi.  Yo‘ldagi qiyinchiliklar, to‘xtamaslik va faqat oldinga qarab yurish sharti, o‘lim hududidagi chekinganlar qismati va g‘alaba nashidasi haqidagi hikoyani O‘zAning yutub kanalida tomosha qiling.

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/7GrhguGB1e8" title="O‘LIM HUDUDINI ZABT ETGAN 38 YOSHLI ALPINIST BILAN EKSKLYUZIV SUHBAT" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov  (video), O‘zA