Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olijanob va bag‘rikeng xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan ta’zim qilaman – Shavkat Mirziyoyev
11:12 / 2021-11-06

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi davom etmoqda.

–Avvalo, menga ulkan ishonch bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylagan barcha yurtdoshlarimga, chin qalbimdan minnatdorlik izhor etib, mehnatkash, olijanob va bag‘rikeng xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan ta’zim qilaman. Siz, azizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga tinchlik va salomatlik, oilaviy baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Jonajon Vatanimiz timsoli va mustaqilligimiz ramzi bo‘lgan davlat bayrog‘imiz, madhiyamiz va gerbimizga, menga topshirilgan Prezidentlik Oliy nishoni va bayrog‘iga yuksak hurmat bajo keltiraman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishimni, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borayotgan siyosatimizning yuksak e’tirofi sifatida qabul qilaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Jarayonni O‘zAda kuzatib boring.