Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olib kirilishi taqiqlangan "LED" chiroqlari to‘xtatib qolindi
14:26 / 2023-08-07

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida navbatdagi huquqbuzarlik holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur post xodimlari xorijdan yurtimizda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan “Plastmassa qandil va devor chiroqlari” tovarlari ularga tegishli yuk hujjatlari bilan o‘zaro solishtirilgan holda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.  

Natijada yuklar orasida taxminiy qiymati 305 million so‘mlik, energiya samaradorligi "B" toifasiga kiruvchi yorug‘lik chiqaruvchi diodlar (LED) tovarlari borligi aniqlandi.    

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab energiya samaradorligi «B» va undan quyi toifadagi energiya sarflovchi maishiy elektr priborlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.  

 

O‘zA